Bugun – 03.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi» shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Ushbu davra suhbati Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, Toshkent yuridik universiteti hamkorligida tashkil qilinib, unda institut talaba-yoshlariga yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Suhbat davomida mutaxassislar talabalar tomonidan berilgan savollarga to’liq javob berib, ularning bosh qomus haqidagi bilimlarini oshirdilar.