ANDIJONDA «ZIYOLILAR BOG’I»GA ASOS SOLINDI

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat bo’lib, bu uchun ko’plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun – 04.12.2024-yil Yangi Andijon massivida viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy harakati doirasida «Ziyolilar bog’i»ga asos solindi.

Viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov kirish so’zi bilan ochib bergan ushbu aksiyada Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning mehnat jamoasi, faol talabalari ham ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content