INSTITUTDA YANGI O’QUV LABORATORIYA ISH FAOLIYATINI BOSHLADI

Andijon davlat chet tillari institutida o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish; professor-o’qituvchilarga o’z ustida tinimsiz ishlash va rivojlanish, talaba-yoshlarga esa, zamonaviy bilim va dunyoqarashga ega bo’lish uchun shart-sharoitlar yaratish institut rahbariyatining o’z oldiga qo’ygan eng asosiy maqsadlaridan biri sanaladi.

Ushbu maqsad tomon harakatlanishda deyarli har kuni qandaydir yangiliklar joriy qilinmoqda. Jumladan, bugun – 02.12.2024-yil kuni institutda Jalinga interaktiv o’quv laboratoroyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu marosimni institut rektori D.A.Rustamov ochib berdi va laboratoriyani tashkil qilishdan ko’zlangan maqsadlar haqida batafsil tushuncha berib o’tdi. Shundan so’ng Jalinga videostudiyasini O’zbekiston hududiga olib kirishda tashabbuskor bo’lgan tadbirkor Hasan Mamasaidov ushbu loyiha institut rivojiga katta hissa qo’shishini tilab, zamonaviy laboratoriya tashkil qilingani bilan tabrikladi.

Rasmiy qism yakunida tadbir qatnashchilari Jalinga interaktiv o’quv laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Leave a Reply

Skip to content