Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilarni xorijiy tajribalar bilan doimiy tanishtirib borish, talaba-yoshlarni esa zamonaviy metodlar asosida ta’lim olishi uchun xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatib kelinmoqda.
Ushbu maqsadda kuni kecha yana bir uchrashuv tashkil qilindi. «Pinnacle teaching solutions» kompaniyasi 40 yillik tarixga ega bo’lib, bugungi kunda dunyoning 15 davlatida faoliyat olib bormoqda.
Kompaniya va institut maqsadlaridan kelib chiqib chet ellik o’qituvchilarni institutga jalb qilish, AQShlik talabalarni O’zbekistonda, xususan, Andijon davlat chet tillari institutida akademik mobillik asosida tahsil olishlariga erishish masalalariga qaratilgan ushbu uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i D.Ahmadaliyeva, Xalqaro loyihalar bilan ishlash va strategik rivojlanish bo’yicha rektor maslahatchisi G.Raxmonovalar kompaniya direktori Dave Lindsay hamda xodimi Don Vestallar bilan suhbatlashdilar.