Bugun – 29.11.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti talabalari o’rtasida «Biz zo’ravonlikka qarshimiz!» mavzusida tanlov bo’lib o’tdi.
✅Unda har bir fakultetdan bittadan jamoa ishtirok etdi va quyidagi 4 ta shart bo’yicha bellashdi:
1-shart: Tanishtiruv – 3-5 daqiqa ichida mavzuga mos shior ostida o’z g’oyalari bilan tanishtirdi;
2-shart: Sahna ko’rinishi – mavzudan kelib chiqqan holda yoshlar hayotidan olingan 10 daqiqagacha bo’lgan voqelik yoritib berildi;
3-shart: Savol-javob – asosan gender tengligi bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan savollar berildi;
4-shart: Rasmlar tanlovi – jamoalar mavzuga mos rasm chizdilar.
Tanlov maxsus hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi va unda quyidagi natijalar qayd etildi:
«Eng ijodkor jamoa» – Roman-german va slavyan tillari fakultetining «Intellekt» jamoasi;
«Eng zukko jamoa» – Ingliz tili va adabiyoti fakultetining «Adolat ovozi» jamoasi;
«Eng bilimdon jamoa» – Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining «Adolat nuri» jamoasi.