INSTITUT PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TRENINGDA ISHTIROK ETMOQDA

  

Andijon davlat chet tillari institutida start-up loyihalarini yo’lga qo’yish va rivojlantirish maqsadida professor-oʼqituvchilarning 3 nafari O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT taraqqiyot dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida, raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglarda qatnashmoqda.

Bu loyihalar Tech4Impact nodavlat, notijorat tashkiloti tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilmoqda.

Trening ishtirokchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanishga qiziqishi  yuqori. Ular ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn platformalar, jumladan, veb-saytlar, messenjer marketing va sun’iy intellektdan foydalanish orqali tadbirkorlikning yangi imkoniyatlari haqida bilib oldilar.

Leave a Reply

Skip to content