
Hozirgi zamonaviy davrimizda ijodkor yoshlarga imkoniyatlar kengaymoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning ommalashib ketishi yoshlarimiz uchun o’z iqtidorini namoyish etishlariga yordam bermoqda.
Andijon davlat chet tillari institutida bir guruh jurnalistikaga qiziquvchi talaba-yoshlar uchun yurtimizdagi taniqli jurnalistlardan biri, «Oltin qalam» Milliy mukofoti sovrindori, «Vodiy1.uz» telegram kanali asoschisi Elmurod Ermatov bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida E.Ermatov tomonidan jurnalistika sohasining oʻziga xos xususiyatlari aytib oʻtilib, bir nechta tavsiya va maslaxatlar berildi.
Bundan tashqari institut rektori D.A.Rustamov tashabbusi bilan talaba-yoshlar o’rtasida vaynlar tanlovini o’tkazish bo’yicha ham fikrlar bildirib o’tib, vayn olish davomida e’tibor qaratish lozim bo’lgan mavzularga alohida to’xtalib o’tdi.