«ASIFL TIMES»NING ILK SONI NASHR ETILDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti faoliyatini yoritish; professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlarning ilmiy-ijodiy ishlarini yuzaga chiqarish maqsadida institut gazetasini tashkil qilish reja qilingan edi.

Kuni kecha ushbu gazetaning dastlabki ko’rinishi – «ASIFL times» nomi ostida axborotnoma tarzida nashr etilib, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan butun institut ahliga taqdim etildi.

Ushbu gazeta muharriri sifatida tajribali mutaxassis Dilshodbek Asqarov ish boshladi. Agar siz o’z ijodiy ishlaringizni chop ettirishni istasangiz, +998916157788 raqamiga yoki @asifl_times manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Leave a Reply

Skip to content