ANDIJONDA O’ZBEK TILI BAYRAMI KENG NISHONLANDI

21-oktabr – Oʻzbekistonda oʻzbek tili bayrami kuni.

Bugun dunyoda olti mingga yaqin til va sheva boʻlsa, ulardan bor-yoʻgʻi yuzga yaqini davlat tili maqomiga ega. 1400 ta tilning yoʻqolib ketish xavfi borligini inobatga olsak, davlat tili maqomini olgan shu yuzga yaqin til orasida Oʻzbek tilining borligi har birimiz uchun iftixor demakdir.

Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida 21-oktabr – oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sana, O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan viloyat tadbiri o’tkazildi.

Unda viloyat rahbarlari, jamoatchilik faollari, tilshunos olimlar, yoshlar qatorida Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning mehnat jamoasi, talabalari ham ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content