INSTITUTDA SEMINAR-TRENING O’TKAZILDI

Andijon davlat chet tillari institutida doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida navbatdagi seminar-trening uchrashuvi bo’lib o’tdi.                                                                              

Uchrashuvni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.Kurbanov olib borib, unga Farg’ona davlat universiteti prorektori I.Zokirova va boshqa mutaxassislar taklif etildi. 

Dastlab seminar-trening oldidan Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengashi qaroriga asosan 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)» ixtisosligidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi tadqiqotchi Dildora Qambarovaga tantanali ravishda topshirildi.

Leave a Reply

Skip to content