Andijon davlat chet tillari instituti quyidagi bo‘sh (vakant) dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

Ingliz tili va adabiyoti (1), Ingliz tili amaliyoti (1), Rus tili nazariyasi va tarjimashunosligi (1), Nemis tili nazariyasi va amaliyoti (1), Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti (1), Umumiy va qiyosiy tilshunoslik (1) va Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya (1) kafedralari dotsenti lavozimi;
Ingliz tili va adabiyoti (1), Ingliz tili amaliyoti (1), Ingliz tili nazariy aspektlari (1), Ingliz tili o‘qitishning integrallashgan kursi (1), Gid hamrahligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik (1), Rus tili nazariyasi va tarjimashunosligi (1), Nemis tili nazariyasi va amaliyoti (1) va Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti (1) kafedralari katta o‘qituvchisi lavozimi;
Ingliz tili va adabiyoti (1), Ingliz tili amaliyoti (1), Ingliz tili nazariy aspektlari (1), Ingliz tili o‘qitishning integrallashgan kursi (1), Gid hamrahligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik (1), Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya (1), Rus tili nazariyasi va tarjimashunosligi (1), Nemis tili nazariyasi va amaliyoti (1) va Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti (1) kafedralari o‘qituvchi lavozimi.
Lavozim uchun malakaviy talablar:
1. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari;
2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;
3. Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;
4. Til bilish sertifikatiga egalik;
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
4. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;

Leave a Reply

Skip to content