Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, besh muhim tashabbus bo’yicha ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish choralarini ko’rish, umuman, institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Bugun – 14.10.2024-yil kuni bo’lib o’tgan ushbu yig’ilishda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Rahmonov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha rektor maslahatchisi I.Abdulxamidov, institut «Besh muhim tashabbus markazi» rahbari A.Yunusov, fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdilar.