
Bugun – 11.10.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti hamda Andijon viloyati Sog’liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan «Sog’lom turmush tarziga rioya qilish – inson uchun foydali» mavzusida shifokorlar va talaba-qizlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Unda mutaxassilar tomonidan mavzu yuzasidan ma’lumotlarga to’xtalinib, talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.