INSTITUT YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG’ICH TASHKILOTI HISOBOT-YIG’ILISHI O’TKAZILDI

Bugun – 24.09.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida institut Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkilotining hisobot-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Uni o’tkazish uchun O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi A.Tangirqulov boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori D.A.Rustamov kutib oldi va istiqboldagi rejalar bo’yicha suhbat olib bordi.

Shundan so’ng hisobot-yig’ilishi boshlandi. Unda institutda 2023-2024-o’quv yili davomida olib borilgan ishlar; 2023-2024-o’quv yilida amalga oshirilishi rejalashtiriligan chora-tadbirlar; institut Kengashi yo’nalishlari va fakultet koordinatorlarini tayinlash masalalari ko’rib chiqildi.

Yoshlar ittifoqi BTning o’tgan o’quv yilidagi faoliyati bir ovozdan qoniqarli deb topilib, Abdulxamidov Izzatillo Shuxratillo o’g’li institut rektorining Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, Yoshlar yetakchisi lavozimiga qayta tayinlandi.

Shundan so’ng institut Kengashi yo’nalishlari va fakultetlar koordinatorligi uchun ham nomzodlar e’lon qilinib, delegatlar tomonidan ma’qullandi.

Leave a Reply

Skip to content