Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida talaba-yoshlar orasida turli yot g’oyalarga aldanib qolish, diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlikni oldini olish, ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida «Xavfsiz talaba» oyligi doirasida «Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz!» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ushbu davra suhbati Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekan o’rinbosari O.Vositov hamda institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayev, M.Najmiddinovalar tomonidan tashkil qilindi. Unda institut rektori maslahatchisi A.Normuratov, institut xotin-qizlar bo’yicha rektor maslahatchisi N.Qodirova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Saliyeva, Diniy ishlar bo’yicha qo’mitaning Andijon viloyati bo’limi mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Suhbat davomida talaba-yoshlar tomonidan turli yot g’oyalar ta’siriga tushib qolish holatlari kuzatilayotgani, diniy aqidaparastlikning turli ko’rinishlari, bugungi kunda yurtimizda ta’lim olish, ilm egallashga yaratib berilgan imkoniyatlar hamda ulardan unumli foydalanish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.