Bugun – 16.09.2024-yil kunj Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida 1-bosqich talabalari safiga qabul qilinganlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani M.Pazilov talaba-yoshlar bilan suhbat olib bordi. Fakultet dekani o’z so’zida talabalarni dars mashg’ulotlarining qay tartibda olib borilishi, darslarga o’z vaqtida va doimiy ishtirok etishlari yuzasidan mas’uliyatlari bilan tanishtirib o’tdi.
Shundan so’ng talaba-yoshlar ham o’z fikrlari, takliflari bilan murojaat qildilar. Uchrashuv yakunida esa fakultet dekanining ko’ngillilar (volontyorlar) jamoasi tuzildi.