Xabaringiz bor, ayni vaqtda Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida DXSh asosida 400 o’rinli 2 ta qo’shimcha turar joy binolari qurilmoqda.
Bugun – 15.09.2024-yil kuni Andijon viloyatida xizmat safarida bo’lib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari S.Buzrukxonov Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Institut rektori D.A.Rustamov hamda qurilish firmalari mas’ullari bilan uchrashgan Sarvarxon Munavvarxonovich qurilish jarayonlarini o’rganib, binolarni o’z vaqtida va sifatli yakunlab topshirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.