«XAVFSIZ TALABA» OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR BO’LIB O’TMOQDA

Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida 2024-2025-o’quv yili 9-sentabrdan boshlangan bo’lsa, o’qishning dastlabki kunlaridan talabalarning xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida 15-sentabrdan 15-oktabriga qadar «Xavfsiz talaba» oyligi tashkil qilindi.

Bugun – 17.09.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida oylik doirasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Dastlab fakultet dekani huzurida profilaktika inspektorlari B.Xodjayev, R.Jo’raboyeva hamda tyutorlar ishtirokida asosiy olib boriladigan ishlar rejasi bo’yicha suhbat bo’lib o’tdi.

Shundan so’ng fakultetning 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil qilinib, uchrashuv davomida fakultet dekani A.Ataboyev hamda profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarli oldini olishga qaratilgan fikrlar bildirildi. Bundan tashqari so’nggi 6 oylik davomida boshqa oliy ta’lim muassasalarida ro’y bergan noxush holatlar aytib o’tilib, ogohlikka targ’ib qilindi.

Leave a Reply

Skip to content