XOTIN-QIZLAR FAOLI TALABALAR BILAN UCHRASHDI

Andijon davlat chet tillari institutiga yangi qabul qilingan talabalar uchun «1-kurs maktabi» loyihasi asosida qator tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari bilan institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi N.Qodirova uchrashib, davra suhbati olib bordi.

Davra suhbatida fakultet tyutori D.Nabiyev ham ishtirok etdi va mas’ullar tomonidan talabalar harakatlanishi, institut odob-axloq qoidalari haqida tushunchalar berib o’tildi.

Leave a Reply

Skip to content