Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida yoshlar o’rtasida milliy qadriyatlarni ulug’lash, milliylikni targ’ib qilish, talaba-qizlarni oilaga tayyorlash maqsadida institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi va Xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida «Mohir pazanda» ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.
Ushbu tanlovda Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi turli viloyatlardan kelgan talabalar o’z viloyati uslubida o’z milliy taomi palovni tayyorladilar.
Talabalar turar joyi faoliyati bilan tanishayotgan institut rektori D.A.Rustamov ham ushbu tanlov ishtirokchilari bilan suhbatlashib, taom tayyorlash uslubi haqida ularning fikrlarini tingladi.
Ushbu tanlov barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi va bir necha viloyat palovlari ta’mini totib ko’rdilar.