
Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Xonobod shahar 9-ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari maktab direktori M.Kenjaboyeva boshchiligida tashrif buyurdilar.
Ularni institutning Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi xodimlari kutib oldi hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Shundan so‘ng institutda tashkil qilingan «Institut gid tarjimoni» jamoasi a’zolari tashrif buyurgan maktab bitiruvchilarini institut bo‘ylab ekskursiya qildirdilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi bilan yaqindan tanishgan o‘quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.