Har bir fuqaro o‘z huquq va burchlarini bilishi kerak, shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga ham hamma birdek rioya qilishi zarur. Albatta, bu har birimizning o‘zimiz va o‘zgalar sog‘lig‘i, hayoti uchun muhim hisoblanadi.
Ushbu masala yuzasidan Andijon davlat chet tillari institutida Andijon viloyati YPX xodimlari va talabalar o‘rtasida «Yo‘l harakati qoidalari» bo‘yicha profilaktik targʻibot maqsadidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayev hamda M.Najmiddinovalar tashabbusi bilan tashkil qilindi. Suhbat davomida YPX xodimlari yo’l harakati bilan bog’liq muammolar to‘g‘risida talabalar bilan suhbat olib bordilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.