
Zakovat – inson aqliy faoliyatini charxlovchi, uni ma’rifat tomon yetaklovchi bir mash’aladir.
Bugun – 04.04.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazida Zakovat klubi tomonidan «Zakovat ligasi»ning bahorgi mavsumi 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Unda institutning iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat jamoalar ishtirok etdilar. O‘yin har galgidan-da taassurotlarga va emotsiyalarga boy o‘tdi.