TTJda kompyuter xonasi ham mavjud boʻlib, u yerda talabalar oʻzlari uchun zaruriy amallarni bajaradilar. Bu gal esa ushbu joyda prorektor tashrifi munosabati bilan kibersport boʻyicha musobaqa tashkil qilindi. Unda gʻolib hamda sovrindorlar aniqlanib, E.Kurbanov tomonidan taqdirlandi.
2-TTJda talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar davom etdi. Ayniqsa, kun qahramonining kutubxonaga tashrif buyurib, kitoblar fondini boyitish uchun oʻnlab badiiy asarlar sovgʻa qilgani barchaga birdek manzur boʻldi. Shundan soʻng kitobxon talabalar bilan kitobxonlik madaniyati, kitob oʻqishning inson shaxsi rivojiga hissasi xususida davra suhbati oʻtkazildi.
Tyutor G.Muhitdinova tomonidan “Mahoratli qizlar” toʻgaragiga asos solingan boʻlib, talaba-qizlarning sevimli mashgʻulotlaridan sanaladi. Ular ushbu toʻgarakda turli buyumlar, bezaklar yasash bilan shugʻullanadilar. E.Kurbanov ham ushbu mashgʻulotda ishtirok etib, uning faoliyatini kuzatdi.