“TALABA BILAN BIR KUN” LOYIHASI E.KURBANOV BILAN (1-QISM)

Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov tashabbusi bilan “Talaba bilan bir kun” loyihasiga asos solingan va uning dastlabki sonida rektor Dilshodbek Abduvahidovich Talabalar turar joyida tunni oʻtkazib, bir necha tadbirlarda ishtirok etgani haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lumot bergan edik.

Shundan soʻng institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.Axmedov ham ayni shu loyihada ishtirok ergan edi.

Joriy haftada “Talaba bilan bir kun” megaloyihasining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi. Unda institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov talabalar mehmoni boʻldi.

Dastlab 1-TTJga tashrif buyurgan Elbek Elmurodovich Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov hamrohligida talabalar oshxonasi va ularning yashash xonalarida boʻlib, ular bilan umumiy suhbatlar olib bordi, bir piyola choy ustida suhbat qurdi.

Shundan soʻng ushbu TTJdagi madaniy dam olish xonasida oʻz yumushlari bilan mashgʻul boʻlib turgan talabalar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari, maqsadlari yuzasidan fikr almashdi, pionino chalayotgan talaba ijodidan bahramand boʻldi.

Kafedralardagi professor-oʻqituvchilar tomonidan TTJda turuvchi talabalar uchun turli kurs, toʻgaraklar tashkil qilingan boʻlib, navbatdagi tashrif aynan mana shu mashgʻulotlar oʻtkaziladigan xonalar boʻldi.

Leave a Reply

Skip to content