Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 12-bandida joriy yilning mart oyidan boshlab OTMlarda xorijlik talabalar bilan yozuvchi va shoirlar uchrashuvlarini tashkil etish belgilangan.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat chet tillari institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan Andijonning taniqli shoiri Baxtiyor Fidoiy hamda talaba-yoshlar ishtirokida adabiy kecha tashkil etildi.

Adabiy kechani boʻlim boshligʻi Oʻ.Rahmonov ochib berdi va barcha ishtirokchilarni iste’dodli shoir bilan tanishtirar ekan, ushbu kechani tashkil qilishdan koʻzlangan maqsad haqida ham fikr bildirib oʻtdi. Shundan soʻng shoir Fidoiyga soʻz navbati berilib, u adabiy kechada ishtirok etayotgan boʻlim uslubchisi M.Saliyeva, xorijlik talabalar hamda institut “Oltin qalam” ijodkorlar klubi a’zolariga oʻzbek adabiyotchiligi haqida oʻz qarashlarini ifodalab, ijodidan namunalar oʻqidi.

Kecha yakunida esa ijodkor talaba-yoshlar bilan davra suhbati oʻtkazilib, ularning savollariga shoir tomonidan javoblar berildi.

Leave a Reply

Skip to content