TYUTORLAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR REKTOR HUZURIDA MUHOKAMA QILINDI

Hukumatning tegishli qarori bilan 2021-yil 1-sentyabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi va 1-3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi “Tyutor”larni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

“Tyutor”ning asosiy vazifasi — ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga mehrni oshirishdir. Shu bilan birga, ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

Bugun – 11.12.2023-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida tyutorlar tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligiga bag’ishlangan muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi. Dastlab, D.Rustamov tyutorlar faoliyatida o’zi tomonidan kuzatilgan xato-kamchiliklarni aytib, ularni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berib o’tdi. Talabalarning darslardagi ishtiroki, ularning turli ko’rik-tanlov, musobaqa va tadbirlarda faol bo’lishi yuzasidan fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor B.Axmedov so’z olib, institut Kengashi tomonidan qabul qilingan «Ichki tartib qoidalar» va «Odob-axloq kodeksi»ga amal qilishda sustkashlikka yo’l qo’yilayotganiga alohida to’xtalib o’tar ekan, tartib va intizom bilan ish olib boribgina ko’zlangan maqsadga yetish mumkinligini ta’kidladi.

Leave a Reply

Skip to content