Andijon davlat chet tillari institutining Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov sovuq kunlarda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitini o’rganish maqsadida tashriflar amalga oshirdi.
Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutori A.Ashuraliyevga biriktirilgan talabalar yashaydigan xonadonlarga tashrif buyurilganda u yerda qishki mavsumni o’tkazish uchun sharoitlar mavjudligi, ovqatlanish, dars tayyorlash va dam olish uchun imkoniyatlar yaratilgani aniqlandi. Bundan tashqari yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.