Bugun poytaxtimiz Toshkentda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Innotexnopark” binosida «Xitoy Oliy ta’lim muassasalari ko’rgazmasi» bo’lib o’tmoqda. Ushbu ko’rgazmada Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev vakil sifatida ishtirok etmoqda.
Hozirda Xitoy Xalq Respublikasining bir qator Oliy ta’lim muassasalari mas’ullari bilan A.Ataboyev institutlar o’rtasida amalga oshirish ko’zda tutilgan hamkorlik muzokaralari o’tkazmoqda.
Ko’rgazma hamda muzokaralar yakuni bo’yicha keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.