
Konstitutsiyaviy huquq – asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, OʻzRda ham) ushbu huquqiy sohani belgilash uchun davlat huquqiy tushunchasi qoʻllanadi.
Shu kabi ma’lumotlarni talaba-yoshlarga yetkazish, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayns-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Sh.Mamajonov hamda Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari X.Matqulovlar boshchiligida «Siz konstitutsiyaviy huquqingizni bilasizmi?» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.