XALQARO ALOQALAR RIVOJLANMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutining Roman-german va slavyan tillari fakultetida rus tiliga aloqador 3 ta yo’nalish mavjud:

Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili;
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili;
Xorijiy til va adabiyoti: rus tili.

Ushbu yo’nalishlarda talaba-yoshlarga ta’lim berish va rus tilini o’rgatishni yanada rivojlantirish maqsadida Rossiya federatsiyasining bir qancha institutlari bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan.

Jumladan, bugun – 01.12.2023-yil kuni Rossiya fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar ilmiy instituti professori, tarix va siyosatshunoslik fanlari doktori Avatkov Vladimir Alekseyevich boshchiligidagi Moskva davlat Xalqlar do’stligi universiteti professor-o’qituvchilari  delegatsiya Andijon davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdilar.

Delegatsiyani institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori E.Kurbanov hamda Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilovlar kutib oldilar. Shundan so’ng Rus tili nazariyasi va tarjimashunosligi kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda fakultetning rus tili yo’nalishlarida tahsil oluvchi talaba-yoshlari uchun maxsus «Rossiya-O’zbekiston o’rtasidagi ilm, fan, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish» nomli seminar-trening bo’lib o’tdi.

Leave a Reply

Skip to content