O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti Boshlang’ich tashkiloti «Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari» koordinatori M.Kanjaboyeva tashabbusi bilan «Men donorman» aksiyasi o’tkazildi.
Bugun erta tongdan Andijon viloyat qon quyish markazi har qachongidan ham gavjum bo‘ldi.
Aksiya Andijon viloyat qon quyish stansiyasida bo’lib o’tdi. Unda ko’ngilli talabalar bilan bir qatorda institut yoshlar yetakchisi I.Abdulhamidov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi F.Mirzayev, Institut boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari hamda ko‘ngilli talabalar ishtirok etdilar.