ORZULAR SARI ISHONCHLI QADAMLAR

 

Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchilari hayotlaridagi eng quvonchli va unutilmas lahzalardan biri — diplom topshirish marosimi sari tantanali ravishda yo‘l oldilar.

Har bir qadam ortida yillar davomida orttirilgan bilim, mashaqqatli mehnat, sabr-toqat va ulkan orzular mujassam. Bugungi tantanali marosim esa ana shu sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi va yangi hayot bosqichining ramzidir.

Barcha bitiruvchilarni ushbu tarixiy kun bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusi faoliyatingizda yuksak marralar, kasbiy yutuqlar va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.

Oq yo‘l va porloq kelajak sizga hamroh bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content