

Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchi talabalariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mazkur tantanali tadbir bitiruvchilarning oliy ta’lim davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari, fidokorona mehnati hamda izlanishlarining munosib e’tirofi bo‘ldi. Diplomni qabul qilgan har bir bitiruvchi bugundan boshlab hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘yib, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor malakali mutaxassis sifatida katta hayot sari yo‘l oldi.
Marosim davomida bitiruvchilarning yutuqlarida munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar va ota-onalarga ham samimiy minnatdorlik izhor etildi.
Barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli va unutilmas kun bilan chin dildan tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kasbiy yuksalish va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.
Oq yo‘l, aziz bitiruvchilar!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati