ASIFL STUDENTS’ LEAGUE 2026 G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

11

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Payshanba — yoshlar kuni” tadbirlari davomida Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etilgan “ASIFL STUDENTS’ LEAGUE 2026” futbol musobaqasining g‘olib jamoalarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.

 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin — “Turon” jamoasi
 12 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.

2-o‘rin — “Remontada” jamoasi
 9 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.

3-o‘rin — “Sony X” jamoasi
 6 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.

 G‘olib jamoalarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 Sport — sog‘lom avlod, mustahkam iroda va yorqin kelajak garovidir!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content