IQTIDORLI TALABA-QIZLARNING OTA-ONALARI TAQDIRLANDI

Andijon davlat chet tillari institutida o‘tkazilgan “Talaba-qizlar va ota-onalar forumi” doirasida iqtidorli, bilimli va tashabbuskor talaba-qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalar alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida ta’lim, ilm-fan, sport, ijodkorlik hamda jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan talaba-qizlarning ota-onalariga institut rektori nomidan tashakkurnomalar topshirildi.

Taqdirlash marosimida farzandlarning yutuqlari ortida ota-onalarning mehnati, sabr-toqati, doimiy qo‘llab-quvvatlashi va mas’uliyati muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati e’tirof etildi.

Forum doirasida bildirilgan samimiy fikrlar va e’tiroflar ota-onalarda katta mamnuniyat uyg‘otdi. Ular farzandlarining yutuqlari va institutda yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, oliygoh jamoasiga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

Mazkur taqdirlash marosimi ota-onalarning farzandlar ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rnini ulug‘lash, yoshlarning yangi marralarni zabt etishiga rag‘bat berish hamda oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content