O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI BILAN HAMKORLIKDA “DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir avvalida rektor mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash hamda atrof-muhit muhofazasiga daxldorlik hissini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, bugungi globallashuv davrida ekologik muammolarning oldini olish, tabiat boyliklarini asrab-avaylash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda bu borada yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Rektor o‘z nutqida yoshlarning ekologik loyihalar, volontyorlik faoliyati va turli tashabbuslarda faol ishtirok etishi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanligini qayd etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar va deputatlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish, ekologik ta’limni rivojlantirish hamda ekologik muammolarga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlar yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning ekologik tafakkurini shakllantirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi alohida e’tirof etildi.
21.05.2026

#ADCHTIdaPayshanbaYoshlarKuni
#AndijonYoshlarDay
#Uchrashuv

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content