“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”DA FAOL TALABALAR TASHAKKURNOMALAR BILAN TAQDIRLANDI

Uchrashuv yakunida dual ta’lim tizimi doirasida faol ishtirok etib, o‘quv va amaliyot jarayonlarida yuqori natijalarni qayd etgan bir guruh talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Talabalarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, amaliy ko‘nikmalarni puxta egallashi hamda ta’lim jarayonidagi faolligi alohida e’tirof etilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi. Mazkur e’tirof yoshlarni yanada faol bo‘lishga, o‘z ustida muntazam ishlashga va kasbiy mahoratini oshirishga undovchi muhim rag‘bat bo‘ldi.
21.05.2026

#ADCHTIdaPayshanbaYoshlarKuni
#AndijonYoshlarDay
#Uchrashuv #DualTalim

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content