TALABA-YOSHLAR UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Oliy taʼlim muassasalari talabalarini ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ularning innovatsion ishlanmalari va startap loyihalarini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan «Boʼlajak olim» tanlovi doirasida «Istiqbolli startap loyihalar dasturi»ni talabalar oʼrtasida keng targʼib etish hamda seminar-treninglar orqali talaba-yoshlarni tayyorlash maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD), dotsent M.Mirzakarimova talabalarga «Tanlov mavzulari va ilmiy loyihalarni shakllantirish» mavzusida taqdimot orqali tushuncha va koʼrsatmalar berdi.

Seminar davomida loyihalarni shakllantirish yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Leave a Reply

Skip to content