NAVOIY SIYMOSI HAMISHA BARHAYOT

Bugun – 07.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda fakultet tyutorlari hamkorligida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan «Navoiy siymosi hamisha barhayot» mavzusida badiiy kecha tashkil qilindi.

Kecha davomida talaba-yoshlar tomonidan Navoiy g’azallari o’qilib, qo’shiqqa aylanganlariga raqslar ijro etildi. Tadbirning asosiy qismida esa buyuk shoir hayoti va ijodiga bag’ishlangan Zakovat intellektual o’yini o’tkazilib, unda talabalar o’zlarining bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

Bundan tashqari tadbir davomida «Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko’zgusi» mavzusida mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.

Leave a Reply

Skip to content