TASHABBUSKOR YOSH TADBIRKORLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

 

Andijon davlat chet tillari institutida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar OAV orqali keng yoritildi.
Mazkur videolavhada Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari faoliyati, ularning tadbirkorlik yo‘lidagi ilk qadamlari, amalga oshirayotgan startap loyihalari hamda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalari haqida so‘z yuritiladi.
Institutda yaratilayotgan keng imkoniyatlar va amaliy qo‘llab-quvvatlash tizimi yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega, raqobatbardosh mutaxassislar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Skip to content