DOLZARB 90 KUN: ADCHTI OROMGOH–2026 GA MUVAFFAQIYATLI START BERILDI! (1-kun)

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan ADCHTI Oromgoh–2026 ning ilk kuni mazmunli, qiziqarli va unutilmas taassurotlarga boy tarzda o’tdi.

Kun davomida ishtirokchilar uchun turli sport musobaqalari, jamoaviy tanishuv va motivatsion dasturlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda ko‘ngilochar loyihalar tashkil etildi. Talabalarning faol ishtiroki, yuqori kayfiyati va ijodiy yondashuvi oromgoh muhitiga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

ADCHTI Oromgoh–2026 nafaqat dam olish, balki yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, yangi do‘stlar orttirish hamda unutilmas xotiralar yaratish maydoniga aylanmoqda.

Oldinda esa yanada qiziqarli loyihalar, yangi taassurotlar va yorqin lahzalar kutmoqda!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content