ADCHTI 60 YOSHDA: SAMIMIY TABRIKLAR VA EZGU TILAKLAR YANGRADI

Andijon davlat chet tillari institutining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbir davomida institut jamoasiga qaratilgan samimiy tabriklar va ezgu tilaklar yangradi.

Tadbirda so‘zga chiqqan faxriy mehmonlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar mutasaddilari institutning mamlakatimiz ta’lim tizimidagi munosib o‘rni, xorijiy tillarni o‘qitish va malakali kadrlar tayyorlash borasidagi salmoqli hissasini alohida e’tirof etdilar.

Nutqlarda institutning 60 yillik faoliyati davomida erishgan yutuqlari, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlari hamda yosh avlodni har tomonlama yetuk mutaxassis etib tarbiyalashdagi xizmatlari yuksak baholandi. Shuningdek, ta’lim maskanining kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarga esa yangi yutuq va zafarlar tilandi.

Samimiy tabriklar va ezgu tilaklarga boy bo‘lgan ushbu tantanali tadbir institutning boy tarixi, bugungi salohiyati va porloq istiqbolining yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content