CHIM USTIDA XOKKEY BO‘YICHA TALABALAR LIGASI FINAL BAHSLARI BO‘LIB O‘TDI

Andijon davlat chet tillari instituti mezbonligida chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining final bahslari yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etib, final bosqichida g‘oliblik uchun murosasiz va qiziqarli bahslar olib bordilar. Uchrashuvlar davomida sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi, taktik mahorati hamda jamoaviy hamjihatligi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Final o‘yinlarini institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, sport sohasi mutaxassislari hamda talaba-yoshlar yaqindan kuzatib bordilar. Musobaqa davomida sportga bo‘lgan qiziqish, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat muhiti yaqqol namoyon bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom, medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqa davomida faol ishtiroki va namunali o‘yini bilan ajralib turgan sportchilarga alohida nominatsiyalar topshirildi.

Mazkur sport musobaqasi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbirdan fotolavhalar.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content