25

Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasi Xitoyning Kashi universitetida o‘zaro hamkorlik hamda ta’limda zamonaviy metodikalar mavzusidagi stajirovkada ishtirok etmoqda.
Mazkur stajirovka davomida delegatsiya a’zolari ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda akademik tajriba almashish yo‘nalishlarida amaliy va nazariy bilimlarini boyitmoqda.
Shuningdek, uchrashuvlar doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati