

Bugun Andijon davlat chet tillari instituti sport zalida “Bobur avlodlari ligasi”ning 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda Andijon davlat chet tillari institutining ADCHTI A guruhi jamoalari hamda Andijon davlat texnika institutining AndTI B guruhi jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqalar davomida jamoalar yuqori sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Qayd etilgan natijalar:
Stritbol (qizlar)
ADCHTI A 4:2 TEXNIKA B
Stritbol (yigitlar)
ADCHTI A 3:0 TEXNIKA B
Voleybol (qizlar)
ADCHTI A 3:0 TEXNIKA B
Voleybol (yigitlar)
ADCHTI A 0:3 TEXNIKA B
Futbol
ADCHTI A 0:1 TEXNIKA B
Bahslar sportga xos murosasiz kurashlar, yorqin gollar va kuchli raqobatga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa ishtirokchilari va muxlislar uchun ushbu uchrashuvlar unutilmas taassurot qoldirdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati