ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI BIR GURUH PROFESSOR O’QTUVCHILARI TURKIYA DAVLATIDA STAJIROVKADA

Andijon davlat chet tillari instituti doktorantlari va tadqiqotchilari Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Karabük Universitetida rasmiy amaliyot (stajirovka) dasturini boshlaganini ma’lum qilgan edik.

Mazkur xalqaro amaliyot dasturining asosiy maqsadi — sohadagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Turkiya safari doirasida ishtirokchilarni qiziqarli ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar hamda o‘zaro tajriba almashish dasturlari kutmoqda. Amaliyotning birinchi kuni universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Ali Çağatay Kılınç tomonidan “Ilmiy ishda tadqiqot muammosini to‘g‘ri rasmiylashtirish” mavzusida ma’ruza o‘qildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida tashkil etilgan maxsus madaniy hamda kechki dasturlar ham o‘zbekistonlik ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content