

Andijon davlat chet tillari institutida IELTS xalqaro imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarimizga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur natijalar talabalarimizning xalqaro darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Ayniqsa, talabalarimiz orasida 2 nafar — Band 8, 2 nafar — Band 7.5 hamda 2 nafar — Band 7 natijalarni qo‘lga kiritgani alohida e’tiborga loyiqdir. Qolgan ishtirokchilar ham B2 darajasiga mos natijalarga erishdilar.
Ushbu yutuqlar institutimizda chet tillarini o‘qitish sifati yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini hamda talabalarimizning bilim olishga bo‘lgan intilishi va salohiyati yuksak ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Shuningdek, 15 nafar talabamizning IELTS imtihon topshirish xarajatlari institut rahbariyati tomonidan qoplab berilgani ularga katta imkoniyat yaratib, yuqori natijalarga erishishlarida muhim omil bo‘ldi.
Mazkur yutuqlar barchamiz uchun faxr manbai bo‘lib, kelgusida yanada yuksak natijalarga erishish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Barcha talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati