YOSHLAR TEXNOPARKI: TALABALAR UCHUN INNOVATSION IMKONIYATLAR

 2025-yil 9-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqotv faoliyatini tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Yoshlar Texnoparki mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda bo‘lim boshlig‘i M.Baltabayeva Texnopark faoliyati, talabalarga yaratilayotgan sharoitlar hamda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

 Shuningdek, mutaxassislar U.Qobiljonov, A.Azimov va M.Baxodirovalar turli tanlovlar, grant dasturlari hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini talabalarga tanishtirdilar. INNOX biznes-inkubator va akselerator dasturi, unga qabul tartibi hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.

 Mazkur uchrashuv talabalarning Texnopark bilan yaqindan tanishishiga, innovatsion fikrlarini ro‘yobga chiqarish va kelajak loyihalarini shakllantirishga muhim zamin yaratdi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content