MILLIY QADRIYATLAR SAYLI – YOSHLAR E’TIBORIDA

Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar hamda professor o’qituvchilar o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash, xalqimizning asrlar davomida asrab kelinayotgan boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida “Milliy qadriyatlar festivali” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir institutning barcha fakultet va bo‘limlari ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, unda o‘zbek xalqining urf-odatlari, an’analari, milliy liboslari, hunarmandchilik buyumlari, shuningdek, qadimiy o‘yinlari va milliy taomlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Festival davomida talabalar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar, folklor chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va hunarmandchilik buyumlari bilan talabalar orasida hamda ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni milliy o‘zligimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Ushbu an’ana institutda yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida institut rahbariyati bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy ildizlarga yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Leave a Reply

Skip to content